-
Нет Отзывов
-
В избранные
Glempinglar va o‘tovlarni tasniflashga doir milliy standart qabul qilindi
Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Turizm sohasida standartlashtirish” texnik qo‘mitasi tomonidan “Turizm xizmatlari. Glempinglar va o‘tovlar. Tasniflash tizimi” milliy standarti ishlab chiqildi va ilk bor amalga kiritilmoqda.
Milliy standart glempinglar va o‘tovlarni toifalar bo‘yicha tasniflash tizimini belgilab, u quyidagi talablar majmuiga asoslangan:
- konstruksiyalar va unga tutash hudud;
- texnik jihozlar va asbob-uskunalar;
- nomerlarning sanitar-gigiyenik jihozlanganligi;
- nomerlarning texnik jihozlanganligi;
- nomerlarni mebel va inventar bilan jihozlanganligi;
- umumiy foydalanish uchun sanitariya obyektlari;
- jamoat joylari;
- xizmatlar;
- ovqatlanish xizmatlari;
- xodimlar va ularning tayyorgarligiga doir talablar.
Toifalar uchta A, B, va C toifa bo‘yicha tasniflanadi. Eng yuqori toifa “A”, eng past “C” toifa hisoblanadi.
Mazkur milliy standart 2024-yilning 19-avgustdan joriy etiladi.