-
Нет Отзывов
-
В избранные
Sherobod tumani hududidagi Qizilolma qishlog‘idan Surxon davlat qoʻriqxonasi hududida joylashgan “Zarautsoy qoyatosh suratlari” ning qoʻriqlanma hududigacha 4 kmlik nosoz yo‘l ta’miri mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrifi uchun mahalliy tadbirkor tomonidan amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda ushbu hududda ziyorat va ekologik turizmni tashkil qilish uchun zarur infratuzilmani yaratishga investorlarni jalb qilish choralari koʻrilib, investorlar tomonidan ushbu hududda yengil konstruktsiyali jihozlardan turizm infratuzilma (oʻtov lagerlari majmuasi, ekouylar majmuasi hamda chodirli lagerlar va boshqalar) obyektlarini tashkil etish yuzasidan takliflar bildirilmoqda. Kelgusida Surxon davlat qoʻriqxonasi qoʻriqlanma hududida Zarautsoy ekoturizm maskani bunyod etilishi rejalashtirilgan.