-
Нет Отзывов
-
В избранные
2026 yilning 23 fevralidan boshlab O‘zbekiston va Rossiya shaharlarini bog‘lovchi yana bir strategik yo‘nalish — "Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha muntazam avtobus reyslari ish boshlaydi.
“Uzautotrans service” korxonasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu qatnovlar ikki mamlakat o‘rtasidagi yo‘lovchi tashish tizimini yanada rivojlantirish va aholi uchun qulay transport imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.
Qatnov jadvali va vaqti
Reyslar haftada ikki marta — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi:
- Ilk reys: 23 fevral kuni soat 17:00 da "Toshkent" avtovokzalidan yo‘lga chiqadi.
- Qaytish reyslari: Sankt-Peterburg avtovokzalidan ham haftaning dushanba va juma kunlari mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da harakatlanadi.
Yo‘nalish va chipta narxi
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha safarga chiquvchi yo‘lovchilar uchun Rossiya poytaxtida ham to‘xtab o‘tish imkoniyati mavjud. Avtobuslar Sankt-Peterburgga yetib borgunga qadar Moskvadagi "Novoyasenevskaya" avtovokzalida oraliq to‘xtashni amalga oshiradi.
Hozirda bir tomonlama chipta narxi 1 200 000 so‘m etib belgilangan.
Ma’lumot uchun: Ushbu yangi yo‘nalish uzoq masofaga qulay va hamyonbop narxlarda sayohat qilishni xohlovchi yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy avtobuslar barcha xavfsizlik talablariga javob beradi.
Russian