-
Нет Отзывов
-
В избранные
Yuqori Chirchiq tumanidagi “Iyk ota” ziyoratgohi Chirchiq daryosining chap qirg‘og‘ida, Iyk ota qishlog‘idan 1 km janub tarafdan uzoqlikda joylashgan bo‘lib, u xalq orasida Iyk ota nomi bilan yuritiladi.
Qadamjoga nomi berilgan bu zotning taxminan XVI-XVII asrlarda yashab o‘tganligi aytiladi. Iyk ota Yassaviya tariqatining namoyondalaridan biri hisoblangan moʻtabar zot.
Iyk — ipdan to‘qilgan mato ma’nosini bildiradi. Mahalliy aholi orasida to‘qimachilik bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar piri bo‘lgan ushbu zotning maqbarasi qabristonning ichida joylashgan.
Og‘zaki ma’lumotlariga ko‘ra Iyk ota tabibchilik bilan ham shug‘ullangan bo‘lib, xalqni davolagan, degan fikrlar ham mavjud.
Qayta ta’mirlangan majmuada namozxona, kutubxona, ayollar va erkaklar uchun alohida tahoratxonalar va boshqa sharoitlar yaratilgan.
------
Ushbu qadamjo mahalliy va xorijiy mehmonlar, ziyorat turizmini hush ko‘ruvchilar uchun zamonaviy sayyohlik maskaniga aylantirilgan.