-
Нет Отзывов
-
В избранные
“XIVA REZIDENCE” mehmonxonasi "BOG’CHA HOVUZ" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil qilinib, obyektning umumiy yer maydoni 5400 kv.m, shundan binolar maydoni 2227.18 kv.m loyiha umumiy qiymati 11210 mln.so‘mni tashkil qilsa, shundan 5210 mln.so‘m o‘z mablag‘i, 7000 mln. so‘m kredit asosida tashkil qilinib o’z faoliyatini boshlamoqda.Yangi tashkil qilinayotgan mehmonxonamiz zamonaviy uskuna va jihozlar keltirilib, o‘rnatilgan, 25 ta yangi ish joylari yaratilib, mehmonxona 66 ta xona va 132 o‘ringa mo‘ljallangan- deydi mehmonxona rahbari Magrupov Rustam ValiyevichMedia-tur davomida ishtirokchilar, shuningdek turli darajadagi mehmonlarga mo‘ljallangan xonalar, konferensiya zallari, sport maydonchalari, restoranlar, ko‘ngilochar maskanlar va boshqa ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lgan “XIVA REZIDENCE” mehmonxonasida mahalliy va xorijiy sayyohlarga xalqaro standartlar darajasida yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
“Farovon” Xiva mehmonxonasi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan Xiva shahrida joylashgan.Mehmonxona dam olish uchun ham, biznes uchrashuvlari va konferentsiyalari uchun ham juda mos keladi. U 76 ta standart va 8 ta superior xonalar, 16 ta suit va 6 ta prezidentlik xonalaridan iborat boʻlib, zamonaviy uslub va milliy bezak elementlarini uygʻunlashtirgan holda bezatilgan.3 ta restoran - Italiya - Milan, Pan-Osiyo - Tokio, milliy - Xiva, shuningdek, Istanbul sizni turli xil taomlar, ichimliklar va shirinliklarni tatib ko'rishga taklif qiladi.Mehmonxonaning asosiy afzalliklaridan biri 10 dan 800 kishigacha zal va konferentsiya zallari bilan jihozlanganligidir.To'qqizta konferensiya zali biznes uchrashuvlari, korporativ kechalar, treninglar va konferensiyalar uchun mos.