-
Нет Отзывов
-
В избранные
🚆Qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti qatnovlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2025-yil 26-dekabrdan 2026-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar soni oshiriladi:
✓ Qo‘shimcha qatnovlar:
"Toshkent – Samarqand – Toshkent" yo‘nalishida 2025-yilning 26 – 31- dekabr kunlari hamda 2026-yil 4-yanvar kuni "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovlari tashkil etiladi. Jami 14 ta qo‘shimcha reys amalga oshiriladi.
"Toshkent – Buxoro – Toshkent" yo‘nalishida 2025-yilning 26 – 31- dekabr kunlari "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qo‘shimcha 4 ta reysi bajariladi.
“Toshkent – Xiva – Toshkent” yo‘nalishida 2026-yilning 12-yanvariga qadar qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur yo‘nalishda jami 12 ta qo‘shimcha reys amalga oshiriladi.
✓ Qo‘shimcha vagonlar:
"Toshkent – Xiva – Toshkent", "Toshkent – Shovot – Toshkent", "Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent", "Toshkent – Termiz – Toshkent" va "Toshkent – Buxoro – Toshkent" (Sharq poyezdi) yo‘nalishlarida harakatlanuvchi poyezdlarga 2026-yil 12-yanvariga qadar har kuni 4 tadan qo‘shimcha vagonlar qo‘shiladi.
t.me/Mintrans_uz
Russian