-
Нет Отзывов
-
В избранные
Shahrisabzdagi madaniyat markazida "Musaffo osmon" shiori ostida "Xalqaro havo sharlar fiestasi" jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu matbuot anjumanida Elli Danington boshchiligidagi Xalqaro Ayeronavtika Federatsiyasi delegatsiyasi a’zolari, OAV vakillari, blogerlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Anjumanni viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i Alisher Zokirov olib bordi. Yig‘ilganlarga xorijlik delegatsiya a’zolari aeronavtika sohasidagi birinchi qadam Amir Temurga beshik bo‘lgan Shahrisabz shahridan boshlanganidan behad mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Bunday tadbirni tashkil etishda ko‘maklashgan Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaga va viloyat va shahar hokimliklariga, tashkilotchilarga delegatsiya a’zolari o‘z minnadorchiliklarini bildirdilar.