-
Нет Отзывов
-
В избранные
Samarqand viloyatida joylashgan turizm obyektlari va jamoat joylaridagi sanitaiya-gigiyena shaxobchalarining holati va ularda mavjud shart-sharoitlar o'rganildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy va mahalliy sayyohlarga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yaratilgan turizm obyektlaridagi imkoniyatlar, sanitariya- gigiyena shaxobchalarining holatini yaxshilash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mazkur yo'nalishda ijobiy natijalarga erishish, kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-apreldagi 203-F- sonli farmoyishi, 2019-yil 21-sentayabrdagi 793-sonli qarori hamda 2024-yil 29-iyuldagi 22/1–978-sonli toshirig’iga muvofiq, barcha turizm obyektlari (madaniy meros obyektlari ziyarotgohlari, turizm zonalari, sihatgoh va dam olish zonalari, sport- sog’lamlashtirish muassasalari, ommaviy namoyish joylari, madaniyat va istrohat bog’lari), aeroporti, vokzal, avtoshoxbekatlarda hamda avtomobillarga yoqilg’i quyish shaxobchalarida umumfoydalanishdagi sanitariya- gigiyena shaxobchalarining yetarli darajada tashkil qilinganligi hamda ularning sanitariya, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi, ularda nogironligi bo’lgan shaxslar uchun sharoitlar yaratish yuzasidan Respublika ishchi guruh a’zolari hamda Samarqand viloyati hokimligi ishchi guruhi hamkorligida o'rganish ishlari olib borildi.