Назад
Mamlakatimizda noyabr oyi “Keksalar turizm oyligi” munosabati bilan chegirmalar
Краткое описание

 

Yurtimizda noyabr oyi “Keksalar turizm oyligi” munosabati bilan ushbu oyda keksalarimizning dam olish vaqtlarini maroqli va mazmunli tashkil etish, hududlar bo‘ylab ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb etish maqsadida, bir qator chegirmalar joriy qilindi. Jumladan:

1. Turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan noyabr oyi davomida respublikadagi 179 ta mehmonxona va mehmon uyi (ro‘yxati) xizmatlari uchun 2-33 % gacha hamda 78 ta umumiy ovqatlanish joyidagi (ro‘yxati) xizmatlarga 5-20 % gacha foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.

2. Noyabr oyi davomida keksalarning mahalliy yo‘nalishlar bo‘ylab sayohat qilishlari uchun “Uzbekistan Airways” AJ respublika ichidagi yo‘nalishlarda erkin sotuvda mavjud bo‘lgan barcha toifadagi ekonom-klass (LPR3M, UPR3M, SPR3M, OPR3M tashqari) klassdagi tariflaridan 15% chegirma taqdim etilishi ma’lum qilindi. Ushbu chegirma O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 60-yoshdan oshgan erkaklarga va 55-yoshdan oshgan ayollarga taqdim etiladi.

3.  “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan nuroniy nafaqaxo‘rlarga (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 55 yoshdan yuqori ayollar hamda 60 yoshdan yuqori erkaklarga) 1-30 noyabr kunlari barcha mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlarning (tezyurar “Afrosiyob” elektro poyezdidan tashqari) temir yo‘l chiptalarining tarif qismidan 20% chegirma bilan ta’minlanishi belgilan. Jamiyat tomonidan ushbu chegirmali chiptalarni onlayn tarzda hamda barcha chiptaxonalarda rasmiylashtirish mumkinligi ma’lum qilingan.

4.  “Uzautotrans Service” MCHJ tomonidan oylik davomida viloyatlarga tashrif buyuruvchi keksalarga hududlararo yo‘nalishlarda qatnovchi avtobus (guruh bo‘lib 51 yo‘lovchini borishi-kelishi) 10 foizgacha chegirma asosida xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud.

5. Turistik maskanlarga kirishda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi muzey va ziyoratgohlarga (ro‘yxati) noyabr oyi davomida keksalar uchun 50% chegirmalar belgilangan.

6. Madaniy meros agentligi tomonidan ushbu oylik doirasida keksalar sayohati davomida Agentlikka qarashli bo‘lgan 114 ta muzey va galereyalarga (ro‘yxat) kirishi bepul tarzda amalga oshiriladi.

7. Madaniyat vazirligi tomonidan noyabr oyida Respublikadagi teatrlarda namoyish etiladigan spektakllar repertuarlari ro‘yxati e’lon qilindi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов