-
Нет Отзывов
-
В избранные
O‘zbekiston Respublikasi "Hunarmand" uyushmasi va Namangan viloyati hokimligi tashabbusi bilan Namangan shahrida "Yog‘och o‘ymakorligi san’ati" hunarmandchilik festivali o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan "Hunarmand" uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov ushbu "Yog‘och o‘ymakorligi san’ati" festivali vodiyda ilk bor o‘tkazilayotganligini ta’kidladi.
Festival doirasida Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridan kelgan 50 nafardan ortiq hunarmandlar o‘z shogirdlari bilan murakkab naqshlar va ramzlar bilan bezatilgan eshiklar, ustunlar, mebellar va interer buyumlarini namoyish etishdi. Bu asarlar nafaqat estetik go‘zallik, balki chuqur ma’naviy va madaniy an’analarni ifoda etuvchi ornamentlar orqali yaratilgan.
Festival mahalliy aholi va mehmonlarga hunarmandchilik san’atining boy an’analari bilan tanishish imkonini taqdim etdi.