-
Нет Отзывов
-
В избранные
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-apreldagi 203-F-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika va viloyat ishchi guruhlari Samarqand viloyatidagi turizm namoyishi obyektlarining sanitariya holatini o‘rganish va yaxshilash bo‘yicha o'z ishini boshladilar.
Respublika ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 1-avgust kuni viloyatdagi mas'ul idora va tashkilotlar vakillari ishtirokida "Sanitariya inqilobi" bo‘yicha vazifalar belgilanib olindi.
Shu kunning o’zida ishchi guruh tomonidan turizm namoyishi obyeklaridan Siyob bozori hamda ziyorat turizm obyektlari o‘rganildi. Respublika ishchi guruhi ikkinchi ish kunida Temiryul dexkon bozorining sanitariya xolatini tanqidiy o'rganib chiqdi. O‘rganish davomida ikkala bozor hududida joylashgan SGShlar umuman sanitariya-gigiyena talablariga javob bermasligi aniqlandi. Shu bilan birga ishchi guruh a'zolari Samarqand temiryul vokzali, oshxonalar va boshqa turizm xizmat servisi obyektlarini o'rganib chiqmoqda.
Respublika ishchi guruhi o‘rganishlari hafta yakuniga qadar davom etadi.