Назад
Singapurda Oʼzbekistonning ziyorat turizm sohasidagi imkoniyatlari taqdim etildi
Краткое описание

Singuparda “Crescent Rating & HalalTrip” agentligi asoschisi Fazal Baxarddin tomonidan tashkil etilgan “Musulmon ziyoratchilarni Islom merosiga qaytarish” mavzusiga bagʼishlangan muhokama boʼlib oʼtdi.

Tadbirda qatnashgan Oʼzbekistonning Singapurdagi elchisi Qahramon Shokirov yigʼilganlarga mamlakatimizning boy islomiy merosi, jumladan, Hazrati imom majmuasi, Zangi ota ziyoratgohi, Shohi-Zinda va Ruhobod maqbaralari va boshqalar meʼmoriy obida va ziyoratgohlarning musulmon sayyohlarida qiziqish uygʼotadigan jihatlari va sayohatchilar uchun yaratilgan qulayliklar toʼgʼrisidagi batafsil maʼlumotlarni taqdim etdi.

Islom dini, Qurʼoni karim va Hadis ilmining asl mohiyati, hadisshunoslik maktabining ilmiy-maʼnaviy asoslari, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk hadisshunos allomalar merosini har tomonlama oʼrganish, keng targʼib va tashviq qilish maqsadida tashkil etilgan Imom Buxoriy xalqaro markazi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʼzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Xiva va Termez shaharlarining ziyorat turizmi sohasidagi imkoniyatlarini yanada kengaytirish va samarali foydalanish, xorijlik sayyohlarni ushbu hududning noyob tarixiy-madaniy va meʼmoriy merosi bilan keng tanishtirish maqsadida Oʼzbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida ham atroflicha fikr yuritildi.

Oʼz navbatida, F.Baxarddin Oʼzbekiston ziyorat turizmi bozorining turli segmentlariga yoʼnaltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilayotgani, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, maqbul va qulay ichki hamda xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, turizm mahsulotlarini keng targʼib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi obroʼ-eʼtiborini mustahkamlash yoʼlida olib borayotgan ishlarga yuqori baho berdi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Питомник 20 горных козлов северцева
Был в сети: 28.04 20:21
Все мероприятие автора
Фориш тумани Хаёт қишлоғи
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие