Назад
"Qo‘rg‘on" turizm mahallasi “G‘ijduvon kulolchiligi va pazandalari”  gastronomik festivalida rekord darajadagi 54 metrlik shashlik pishirildi
Краткое описание

G‘ijduvon tumani "Qo‘rg‘on" turizm mahallasiga qarashli  "Yoshlar bog‘i" (aleya)da milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va hunarmandchilik an’analarini keng targ‘ib etish maqsadida “G‘ijduvon kulolchiligi va pazandalari” nomli gastronomik festival tashkil etilmoqda

Mazkur festival viloyatimiz mehmonlari, xorijiy sayyohlar hamda mahalliy aholi uchun Buxoroning boy madaniy merosi, milliy hunarmandchiligi va pazandachilik san’ati namoyish etilmoqda.

Festival doirasida kulolsozlar, kashtado‘zlar va boshqa hunarmandlarning mahorat darslari, yosh suratkashlarning ko‘rgazmalari va ayniqsa, milliy folklor jamoalarning sahna chiqishlari  festival ishtirokchilariga xush kayfiyat bag'ishlamoqda.

Tadbir davomida G‘ijduvonning mashhur kulolchilik maktabi va milliy taomlari mehmonlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Festival Buxoroning sayyohlik salohiyatini yana bir bor namoyon etilib, mahalliy va xorijiy mehmonlarda ulkan taassurot qoldirmoqda.

Ta'kidlash joizki, ushbu festival xalq hunarmandchiligi va gastronomik merosimizni asrab-avaylash, targ‘ib qilish hamda turizm sohasini yanada rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Imomov Hotel Gostinitsa
Был в сети: 10.09 22:32
Все мероприятие автора
Imomov Hotel Gostinitsa
  • Электронная почта: info@turizm.uz
  • Номер телефона: +998-93-343-0222
  • Адрес: Imomov Hotel Gostinitsa
  • Ответственное лицо: Imomov Hotel Gostinitsa
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие