-
Нет Отзывов
-
В избранные
Prezident Shavkat Mirziyoyev (https://president.uz/oz/lists/view/7405) turizm infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi
🔸Xorijiy turistlarni yurtimizga jalb qilish uchun turizm tashkilotlarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 50 million dollar qiymatida alohida kredit liniyasi ochilmoqda.
🔸Salohiyati yuqori bo‘lgan joylarda master-rejalar asosida turizm maskanlari barpo etiladi. Bunday hududlar infratuzilmasini yaxshilash uchun joriy yilda respublika budjetidan 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
🔸Turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun qator yengilliklar ham nazarda tutilmoqda: avtobus va mikroavtobuslarni bojxona bojidan ozod etish, turoperator va hunarmandlarning xalqaro yarmarkalardagi xarajatining 50 foizini qoplab berish, xorijiy mehmonlar ishtirokida biznes tadbirlar tashkil qilgan tadbirkorlarning foyda solig‘i 50 foizga kamaytirish kabi choralar bor.
🔸Milliy turizm brendi va shunga muvofiq, maqsadli bozorlar talablaridan kelib chiqib, yurtimizdagi turizm turlari to‘g‘risida kontentlar yaratiladi. Ular xalqaro media va ijtimoiy platformalarda targ‘ib qilinadi. Bunga auditoriyasi katta bo‘lgan xorijiy jurnalist, bloger jalb qilinadi.
🔸Barcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlari haqida ma’lumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi.
🔸Turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida o‘quv dasturlari jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi ta’lim muassasalarining tajribasi asosida takomillashtiriladi. Andijon, Buxoro, Samarqand va Urganch davlat universitetlari, Sharqshunoslik, Jahon tillari va “Ipak yo‘li” oliygohlarida gidlarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi.
(https://president.uz/oz/lists/view/7405)