Назад
Ummon Sultonligi turizm sohasi vakillari Samarqandda boʻlishdi.
Краткое описание

 

Bugungi kunda Oʻzbekistonda iqtisodiyotning asosiy drayverlaridan biri sifatida turizm sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, dunyoning bir qancha mamlakatlari bilan ushbu yoʻnalishda hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda. 
Joriy yilning 19-oktabrida Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi va Ummon Sultonligi turizm sohasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Samarqand viloyatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan 12 ta turfirma vakillari ham ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida rasmiylar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ikki tomonlama turizm oqimini oshirish masalalarini muhokama qilishdi. Tadbir soʻnggida viloyatimiz va Ummon Sultonligi turizm sohasi vakillari oʻrtasida B2B uchrashuvlari ham tashkil etildi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов