Назад
“Konigil-2” turizm maskani ochilish marosimi
Краткое описание

“Konigil-2” turizm maskani va Siyob arig‘i bo‘ylab barpo etilgan yangi ko‘ngilochar va dam olish maskanining ochilish marosimiga taklif etamiz. 
🎉🎉🎉Tantanali ruhda bo‘lib o‘tuvchi tadbir davomida siz Siyob arig‘i bo‘ylab tashkil etiladigan xalq saylida ishtirok etishingiz, milliy xalq o‘yinlari, folklor san’ati tomoshalari va konsert dasturlaridan zavq olib, milliy va dunyo oshxonasi namunalaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Shu bilan birgalikda, tadbir doirasida hunarmandchilik va milliy taomlar yo‘nalishlaridagi master-klasslarda ham qatnashishingiz mumkin. 

✔️Tadbirda ishtirok etish mutlaqo BEPUL!!!
📍Tadbirlar bo‘lib o‘tadigan hududga kirish M-39 magistral yo‘li  (https://maps.google.com/maps?q=39.660808,67.043946&ll=39.660808,67.043946&z=16)bo‘yida.

Oʻtgan qisqa davr mobaynida Konigil qishlog‘ini kengaytirish ishlari amalga oshirilib, uzunligi 2,5 kilometr bo‘lgan veloyo‘laklar va 3,5 kilometr piyodalar yo‘lagi hamda mehmon uylari va hunarmandchilik markazlari, milliy oshxonalar va boshqa turizm obyektlari foydalanishga topshirildi.
Samarqand shahridan oqib o‘tgan Obi Rahmat, Siyob ariqlarning atrofini tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. 
Maʼlumot uchun, Samarqand shahri hamda Samarqand tumani hududidan oqib o’tuvchi “Siyobcha" kanali Samarqand tumanining Konigil, Qo’shtamg’ali, Jo’nisoy, Qoziaroq, O’zbekkenti va Yangiravot hamda Samarqand shahrining Galaosiyo, Xo’ja Doniyor, Obi Raxmat, Bog’imaydon, G’iyosiddin jamshid, Motrid, Yoshlik, Humo, Baxtli xayot, Matonat va Xalqobod mahallalaridan o’tgan.
 Loyiha qamrab olingan hudud 22 gektar maydonni egallaydi, umumiy qiymati esa 45 mlrd. so’mni tashkil qiladi. Bugungi kunga kelib kanalning jami 11 km qismi obodonlashtirilgan boʻlib, shundan Samarqand tumani hududida 3.5 km, Samarqand shahri hududida 7.5 km maydonni o’z ichiga oladi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов