Назад
Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan Chodak qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi.
Краткое описание

Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan Chodak qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi.

Namangan viloyatining Pop tumanidagi Chodak qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berilishi, uning turistik salohiyatini oshirish va mahalliy aholini ish bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Hozirgi kunda Chodakda 300 oilaviy mehmon uyi, 4 ta dam olish maskani, 3 ta bolalar oromgohi, 2 ta xostel, 1 ta kemping, 30 ta gastronomik ob’ekt, to‘rtta 300 metr uzunlikdagi osma ko‘prik va 50 metr uzunlikdagi shishali osma ko‘prik mavjud. Shuningdek, sun’iy sharshara va 400 metr uzunlikdagi osma dor yo‘li kabi ekstrimal va ekoturizm ob’ektlari faoliyat yuritmoqda. Buning natijasida 1500 dan ortiq mahalliy aholi ish bilan ta’minlangan.

Tadbirda Turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sardor Niyazov, viloyat hokimining o‘rinbosari Botir Nuritdinov va boshqa jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida yangi zamonaviy mehmon uyining foydalanishga topshirilishi hamda Prezidentning 2021 yil fevral oyida Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida belgilangan topshiriqlar asosida 257 ta loyiha amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.  Shu bilan birga Prezidentimizning 2021 yil fevral oyida Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida belgilagan topshiriqlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi Chodak qishlog‘ini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlariga qaratilgan qaroriga asosan mazkur go‘shada 257 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

 

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов