Назад
“Kumushkon” turizm qishlogʼining tashkil etilishi aholiga nima beradi?
Краткое описание

Parkent tumanining “Kumushkon” mahalla fuqarolar yigʼini (MFY) hududida zarur infratuzilmani barpo etish, oilaviy mehmon uylari faoliyati va qoʼshimcha turizm xizmatlarini yoʼlga qoʼyish hamda mahalliy aholini turizm sohasidagi tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida “Kumushkon” turizm qishlogʼini tashkil etish toʼgʼrisidagi taklif maʼqullandi. 
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish toʼgʼrisida”gi qarori bilan “Kumushkon” MFY hududida turizm qishlogʼini tashkil etishga oid chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. 

“Vazirlar Mahkamasida ilk bor shunday mazmundagi qaror tayyorlanib, u turistik qishloq, turistik mahalla kontseptsiyasini rivojlantirish nuqtai nazaridan masalaga tizimli ravishda yondashishga yoʼnaltirildi. Bugunga kelib bu kabi ishlar qator viloyatlarda amalga oshirilmoqda – aholi bilan suhbatlar oʼtkazilib, yangi turistik xizmatlar, sayyohlar uchun mehmon uylarini tashkil etish evaziga yangi ish oʼrinlarini yaratish, aholi daromadlarini koʼpaytirish haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 

Shuni alohida taʼkidlashimiz lozimki, Kontseptsiyani rivojlantirish va ilgari surishda nafaqat turizm, balki ijtimoiy masalalarni yechishni ham oʼz oldimizga asosiy maqsad qilib belgilab olganmiz. Kelgusida bunday turistik qishloqlarni yanada koʼpaytirish rejalashtirilgan va bunda “Kumushkon” boshqa turistik qishloq hamda mahallalarni yaratishda namuna boʼlib xizmat qiladi”, — deydi Bosh vazir oʼrinbosari Аziz Аbduhakimov qarorga izoh berar ekan. 

Hujjatga muvofiq, hududda avtomobilь yoʼllarini asfalьt qilish, ichki koʼchalarni tekislash va shagʼal yotqizish, yoʼl koʼrsatkich belgilarini oʼrnatish, gulzorlar tashkil qilish, tungi yoritgichlarni oʼrnatish, elektr tarmoqlari va gaz quvurlarini taʼmirlash, chiqindi yigʼish punktlarini qurish, yakka tartibdagi uy-joylar fasadini taʼmirlash kabilar koʼzda tutilgan. Chora-tadbirlar rejasiga koʼra, 2020 yilda “Kumushkon” MFYdagi 10 xonadon vakillarini jalb qilgan holda, Sanʼatkorlar koʼchasi tashkil qilinadi, musiqa cholgʼu-asboblari bilan taʼminlanadi. Shuningdek, milliy sanʼat va madaniy tadbirlarni oʼtkazish uchun maxsus sahna quriladi. 

Bundan avval Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi sayti hamda qator nashrlarda Toshkent viloyati Parkent tumani Kumushkon MFY hududida turizm qishlogʼini tashkil etishga doir loyihaga start berilgani haqida xabar berilgan edi. 

Shunisi diqqatga sazovorki, “Kumushkon” MFYda alohida yoʼnalishlar boʼyicha — etnoqishloq, milliy taomlar qishlogʼi, hunarmandlar qishlogʼi, sanʼatkorlar qishlogʼi hamda agroturizm qishlogʼini yaratish koʼzda tutilgan. Shu bilan birga, bu yerda mehmon uylari, xalq kutubxonasi, yoshlar ijodiyot markazi, xalq oʼyinlari va sport namoyishlari maydonchasi, oʼtovlar shaharchasi, turizm axborot markazlari, suvenirlar hamda hunarmandchilik mahsulotlari doʼkoni, zamonaviy sanitarik-gigienik shoxobchalar, sayyohlar uchun tibbiy xizmat koʼrsatish shoxobchasi, sunʼiy sharsharalar hamda 7 mavsumiy dam olish maskanini tashkil etish kabi koʼplab tadbirlar amalga oshiriladi. 

Bundan tashqari, “Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish toʼgʼrisida”gi qarori doirasida Toshkent viloyatida “Oltin halqa” kontseptsiyasini amalga oshirilishi ham belgilab berildi. Qaror bilan Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish boʼyicha qoʼshimcha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʼyxati tasdiqlandi. Hujjat bilan 45 investitsiya loyihasi amalga oshiriladi, 1523 ta yangi ish oʼrni yaratiladi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Питомник 20 горных козлов северцева
Был в сети: 28.04 20:21
Все мероприятие автора
Фориш тумани Хаёт қишлоғи
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие