Назад
Kattaqo‘rg‘onlik “Oshin ona” ning faoliyati kengaymoqda
Краткое описание

Samarqand viloyatida 12 ta ekoturizm, 3 ta etnoturizm, 5 ta ekstremal turizm yo‘nalishi sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Orzu Mahmudov ko‘chasida gastronomik turizm yo‘nalishidagi xizmat ko‘rsatish shoxobchalari samarali faoliyat yuritmoqda. Noan’anaviy turizm yo‘nalishlarining rivojlanishi mamlaktimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni ko‘payishiga xizmat qilmoqda. Viloyat turizm va madaniy meros boshqarmasi tomonidan yangi tashkil etilgan turizm xizmatlari hamda Urgut va Kattaqo‘rg‘on tumanlaridagi cho‘milish joylari faoliyati bilan tanishish maqsadida uyushtirilgan press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari bunga guvoh bo‘ldi.

Kattaqo‘rg‘on va Qoratepa suv omborlari hududida tashkil etilgan dam olish maskanlari mahalliy turistlardan tashqari, xorijliklarni ham o‘ziga jalb qilmoqda.

– bugungi kunda turizmni rivojlantirishning eng muhim sharti qonun doirasida tashrif buyurayotgan sayyohlarga barcha sharoitlarni yaratishdan iborat, – deydi viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Narziqulov. – Shuni inobatga olgan holda viloyatimizda sayyohlarning talab va istaklariga mos tarzda yangi yo‘nalishlarni tashkil etish ishlari samarali davom etmoqda. Birgina joriy yilning o‘tgan davrida 14 ta mehmonxona, 28 ta mehmon uylari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, turoperatorlar soni 10 taga oshdi. Viloyatimizga tashrif buyurgan sayyohlarga nafaqat tarixiy obidalarni, balki tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish, milliy urf-odat va an’analarimiz bilan tanishish, milliy taomlardan bahramand bo‘lish imkoniyatini yaratish orqali ularning sayohati davomiyligini oshirishga harakat qilyapmiz.

Kattaqo‘rg‘on va Qoratepa suv omborlari hududida tashkil etilayotgan plyaj zonalarning faoliyat boshlanganligi turistlar oqimini sezilarli oshishini ta’minlamoqda. Press-tur ishtirokchilari dastlab Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, tumanda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Ko‘pchilikka ma’lum, tumanda tibbiyot turizmi ancha rivojlangan. “Ergash ota” shifo maskaniga xorijdan ko‘plab mehmonlar keladi. Ushbu shifo maskani joylashgan hududda faoliyat boshlagan “Nurafshon” mehmonxonasi 30 o‘ringa mo‘ljallangan. Mehmonxona joylashgan “Qozoqovul” qishlog‘idan Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududida tashkil etilgan dam olish maskanlarigacha bo‘lgan masofa 15 kilometr. Ushbu mehmonxona faoliyat boshlaganiga endigina bir oy bo‘lgan bo‘lsa-da, shu vaqt oralig‘ida 100 nafardan ortiq mehmonga xizmat ko‘rsatildi.

– Mehmonxonaning umumiy loyiha qiymati 3 milliard so‘mni tashkil qiladi, – deydi “Gulazizam servis” MCHJ rahbari Shamshod Uzoqov. – Xalq bankidan bir milliard so‘m kredit olib faoliyatimizni boshlagan edik. bugungi kungacha binodagi qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bilan birga 1 milliard 800 million so‘m qiymatidagi ishlar amalga oshirildi. Mehmonxona tumanda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan turizm klasteri faoliyatini inobatga olgan holda bunyod etildi. Rejaga muvofiq, tashrif buyuruvchilarga sihatgohdan tashqari plyaj zonalarda hordiq chiqarish, tumanimizning tog‘li hududlarida tashkil etilayotgan ekoturizm majmualarida dam olishni o‘z ichiga olgan tur paketlar ishlab chiqiladi.

Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududida tashkil etilgan plyaj zonalarida cho‘milish, qayiqlarda sayr qilish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda hududda o‘nga yaqin tadbirkor tomonidan tashkil qilingan dam olish maskanlari faoliyat yuritmoqda. Tuman hokimligi mas’ullarining ta’kidlashicha, hududning tasdiqlangan rejasiga muvofiq, dam olish maskanlari soni o‘n beshtaga yetkaziladi. Har bir dam olish maskani o‘ziga xos xizmat turlari bilan sayyohlar e’tiborini jalb qiladi. Xususan, “Oshin ona” nomli dam olish maskani press-tur ishtirokchilari e’tiborini tortdi.

– Ko‘pchilik tashqi ko‘rinishim, tinimsiz mehnat qilishimga qarab mashhur kinofilm qahramoni Oshinga qiyoslab, shunday laqab qo‘yishgan, hatto nabiralarim ham o‘z ismimni unutib, Oshin ona deb murojaat qiladi, – deydi tadbirkor Xayriniso Boboqulova. – Shu tufayli dam olish maskanimizning nomi ham shunday ataldi. Aslida tadbirkorlik faoliyatimni umumiy ovqatlanish shoxobchasi tashkil qilib boshlaganman. Asosan baliq pishirish bilan shug‘ullanamiz. Mo‘’jaz oshxonamizni yurtimizni turli burchaklaridan izlab keluvchilar bor. Ushbu hududda dam olish markazlari tashkil qilinishi eshitib, o‘z taklifimni tuman hokimligiga bergandim. Mana bugun faoliyatimizni boshlab, 60-80 kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega dam olish maskanini ishga tushirdik. Ayni paytda viloyatimizdan tashqari Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro viloyatlaridan ham dam oluvchilar kelmoqda. Kelgusida sharoitlarni yanada yaxshilab, qo‘shimcha xizmat turlarini oshirishni maqsad qilganmiz.

Urgut tumanining Qoratepa suv ombori hududida “Tourist SKD” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil qilingan xizmat ko‘rsatish va dam olish maskani ham sekin-asta sayyohlar bilan gavjumlashmoqda. Umumiy maydoni 2 gektarni tashkil etuvchi dam olish maskanining umumiy loyiha qiymati 17 milliard so‘m.

– bugungi kungacha 3 milliard so‘mlik ish bajarildi, – deydi tadbirkor Sherzod Rofiyev. – Loyiha bo‘yicha hududda yigirmaga yaqin 3 sotixli mehmon uylari bunyod etilishi belgilangan. Ayni paytgacha 9 tasi qurilib, binolarni pardozlash, ichki ta’mirlash ishlari davom etmoqda. bugungi kundagi muhim ishlarimizdan biri asosiy yo‘ldan dam olish maskanigacha bo‘lgan 1,5 kilometr ichki yo‘lni asfalt qilishdan iborat. Hudud M-39 avtomagistrali yonida joylashgan. Shuningdek, yonimizda Teshiktosh tabiat mo‘’jizasi ekoturizm ob’ekti bor. Shu bois tashrif buyuruvchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Muhimi, yetarli sharoitni yaratishimiz kerak. Hozirda faqatgina qayiqlarda suzib sayohat qilish, belgilangan hududda cho‘milish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. bugungi kunda sayyohlar soni 100 nafardan ortiqni tashkil qilmoqda. Mehmon uylarini ishga tushirsak sayyohlar soni yanada ortadi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari sohadagi kelgusi istiqboldagi rejalar, suv havzalarida xavfsizlikni ta’minlash, yangi xizmat turlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullardan batafsil javob oldi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Питомник 20 горных козлов северцева
Был в сети: 28.04 20:21
Все мероприятие автора
Фориш тумани Хаёт қишлоғи
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие