-
Нет Отзывов
-
В избранные
So‘nggi yillarda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Nanay, Mamay, Zarkent va Qizilyozi mahallalarida turizm infratuzilmasini kengaytirishga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli sayyohlar oqimi ortib bormoqda.
Hozirgi vaqtda ushbu hududlarning ekoturizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Nanay turizm qishlog‘iga tashrif buyurib, Zarbdor mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Podsho Ota soyida sun’iy ko‘l barpo etish loyihasi bilan tanishdi.
Loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlar:
-
6 gektar maydonda sun’iy ko‘l barpo etiladi;
-
Ko‘l bo‘yida mehmonxonalar, restoranlar va dam olish zonalari quriladi;
-
Sog‘lomlashtirish yo‘laklari, piknik hududlari va attraksionlar tashkil etiladi;
-
Zamonaviy avtoturargohlar bunyod etiladi.
Shuningdek, Qizilyozi mahallasi hududidagi Podsho Ota soyi bo‘yida joylashgan bo‘sh turgan maydonlarda “Zarkent” va “Orzu Grand” majmualari barpo etilishi rejalashtirilgan. Umumiy maydoni 40 gektardan ziyod bo‘lgan ushbu majmualar zamonaviy me’moriy yechimlar asosida quriladi.
Majmualar tarkibiga nimalar kiradi?
-
Kapsulali dam olish uylari;
-
Basketbol, futbol va voleybol maydonchalari;
-
Favvoralar, suzish havzasi va xostellar.
Viloyat rahbari mutasaddilarga loyihalarni amalga oshirishda sifat, xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Ushbu loyihalarning hayotga tatbiq etilishi hududda ichki va tashqi turizmni rivojlantirishga, yangi ish o‘rinlari yaratishga hamda mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Russian