-
Нет Отзывов
-
В избранные
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Mehmonxonam!” mavzusidagi davlat ijtimoiy buyurtma loyihasi doirasida Turizm qo‘mitasi, www.ichkiturizm.uz ommaviy axborot vositasi tomonidan “Qishloq turizmi va yashil iqtisodiyot uyushmasi” hamda Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda joriy yil 19-20 avgust kunlari Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida amaliy seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu treningda viloyatdagi joylashtirish vositalarida ishlayotgan 56 nafar menejer, porte, supervayzer, konserj, shveysar va belboy xodimlar qatnashdi va ularga o‘z faoliyatini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish (servis jarayonlari, jumladan kutib olish, joylashtirish, xona xizmati, ovqatlantirish, sanitariya-gigiyena talablari, muomala madaniyati va boshqalar), shuningdek, marketing, targ‘ibot qilish, turistlarni jalb etish hamda boshqa tashkiliy-huquqiy masalalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi. Bundan tashqari, davra suhbati ham tashkil etilib, unda muammolar va kamchiliklar birgalikda muhokama qilindi va trenerlar tomonidan maslahatlar berildi.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilarga malaka sertifikatlari topshirildi.
Mazkur seminar-treninglarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, joylashtirish vositalarida ishlayotgan xodimlar malakasini oshirish aholisi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, turizm madaniyatini shakllantirish va mahalliy aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan bo‘lib ushbu kabi yo‘nalishdagi tadbirlarni tizimli tashkil etish maqsadida avgust oyida Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida seminar-treninglar tashkil etiladi.
-
Дата
-
Время