Назад
"CRESCENT RATING" SINGAPUR REYTING KOMPANIYASI EKSPERTI XORAZMDA!
Краткое описание

Bugun, Singapur Respublikasining "Crescent Rating" kompaniyasi eksperti janob Bahardeen Mohamed Fazal Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Hurmatli mehmonni viloyat hokimi o'rinbosari - Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig'i Botir Ozodovich hamda viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mutasaddilari Urganch xalqaro aeroportida kutib oldilar.Mehmon "Ichan Qal'a" davlat muzey qo'riqxonasi hududiga joylashgan "Juma" masjid, "Sayyid Alovuddin bobo" va "Pahlavon Mahmud" maqbaralarini ziyorat qilib, hududning ziyorat turizmi imkoniyatlarini o'rgandi.Ekspert "Hotel Farovon Khiva" mehmonxonasini ko'zdan kechirib, o'zining fikr-mulohazalarini bildirdi.

Bundan tashqari, ekspert Xiva shahar hokimi Temur Ismoilovich bilan uchrashib, Xiva shahrining turizm sohasidagi mavjud potensial va istiqbollarini muhokama qilish bilan birga "Xiva - Islom dunyosi turizm poytaxti - 2024" maqomini olishi, bo'lib o'tishi rejalashtirilgan yirik xalqaro tadbirlarni samarali tashkil etish yuzasidan o'z maslahatlarini berdi. Shuningdek, mehmonga Xiva shahar hokimligi nomidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Ma'lumot uchun: “CrescentRating” tashkiloti 2015 yildan boshlab “Mastercard” xalqaro moliya tashkiloti bilan birgalikda har yili musulmon sayohati bozori holati bo‘yicha “Jahon musulmon sayohati indeksi” xalqaro reytingini tuzib boradi. Tashkilot hisobotlaridagi maʼlumotlar dunyo miqyosida turizm ekspertlari, ommaviy axborot vositalari va taʼlim muassasalari tomonidan asosiy statistik-tahliliy manba sifatida, ilmiy ishlar, taqdimotlar hamda maqolalarda keng foydalaniladi. 

2019 yilgi reytingida O‘zbekiston musulmon sayyohlarni jalb qilayotgan “Eng jozibador” hamda “Havfsizlik va bag‘rikenglik darajasi yuqori” bo‘lgan 10 ta mamlakat qatoriga kirdi, “Musulmon sayyohlar uchun qulay hudud (destination)” sifatida reytingda 32-o‘rindan 22-o‘ringa yuqoriladi (2021 yil natijalariga ko‘ra 16-o‘rinda qayd etildi).

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Питомник 20 горных козлов северцева
Был в сети: 27.04 21:05
Все мероприятие автора
Фориш тумани Хаёт қишлоғи
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие