Назад
Xivada BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda yagona sayyohlik majmuasi barpo etiladi
Краткое описание

Mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi tashabbusi bilan Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, elchixona va BAAning “Armada Group” rahbariyati ishtirokida videomuloqot oʻtkazildi.

Uchrashuvda Xiva shahridagi «Govuk-kul» koʻli havzasida 4-5 yulduzli mehmonxona qurish loyihasi muhokama etildi.

Ayni paytda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va bino dizaynini kelishish uchun kompaniyaning ekspertlari Xorazmda boʻlib turishibdi.

“Armada Group” boshqaruvi raisi doktor Muhammad R.Xakmi tomonidan «Govuk-kul» koʻli havzasida mehmonxonaga qoʻshimcha ravishda turar-joy va tijorat binolarini ham qurish takliflari bildirildi.

Mehmonxonani qurish ishlari boshlanishi bilan «Govuk-kul» havzasida yagona sayyohlik majmuasini tashkil etish doirasida viloyat hokimligi “Armada Group” bilan qoʻshimcha muzokaralarni olib borishga tayyor ekanligi taʼkidlandi.

Videomuloqot chogʻida loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida “Tadbirlar jadvali”ni ishlab chiqish hamda viloyat hokimligi va “Armada Group” oʻrtasida mehmonxona qurilishi toʻgʻrisidagi Memorandumni imzolash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Нуратинский питомник горных козлов
Был в сети: 27.04 21:05
Все мероприятие автора
Нуратинский питомник горных козлов
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Узбекистан
  • Похожие мероприятие