-
Нет Отзывов
-
В избранные
“Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Termiz shahrida oʼtkazilayotgan viloyat yoshlar festivali doirasida bugun yosh baxshilar koʼrik-tanlovi ham oʼtkazildi.
Baxshichilik sanʼatiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internatida tashkil etilgan tanlovda har bir hududdan ikki nafardan, jami 30 nafar yosh baxshilar ishtirok etdi. Yosh baxshilar uch guruhda oʼzaro bellashdilar. I guruh 5 yoshdan-15 yoshgacha, II guruh 16 yoshdan-22 yoshgacha, III guruh 23 yoshdan-30 yoshgacha belgilandi.
Tanlovda 1-oʼrinni egallagan Olim Аliqulov 3 million, 2-oʼrinni egallagan Shahriyor Toshtemirov 2 million, 3-oʼrinni egallagan Diyor Rasulov 1 million soʼm pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Dilnoza Lazizova “Eng yosh baxshi”, Аkram Mamarajabov “Eng yaxshi doston ijrochisi”, Аbdulaziz Normurodov “Eng yaxshi kuy ijrochisi”, Bekzod Hamidov “Eng yaxshi terma ijrochisi” nominatsiyalari boʼyicha esdalik sovgʼalar bilan taqdirlanishdi.