Назад
"Tarag‘ay" turizm qishlog‘ida nimalar o‘zgaradi?
Краткое описание

Xabaringiz bor, Chiroqchi tumanidagi “Tarag‘ay” qishlog‘i – turizm qishlog‘i maqomini olgan. “Obod qishloq” davlat dasturi, shuningdek, viloyat hokimining 2022 yildan boshlab har yili aprelь oyining birinchi o‘n kunligida qishloqda “Tarag‘ay bahori” an'anaviy festivalini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, shu kunlarda hududda qurilish va obodonlashtirish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Hozirda loyiha ishlari boshlangan bo‘lib, unga ko‘ra bir yil davomida o‘ziga xos tarixiy va so‘lim maskan Tarag‘ayda sayyohlar uchun qator qulayliklar yaratiladi. Jumladan, qishloqda zamonaviy stella, selfi zona, sanitariya gigiyena shahobchalari, ekologik chiqindi qutilari o‘rnatiladi. Turizm qishlog‘iga olib boruvchi 15 kilometr yo‘l ta'mirlanib, elektr energiyasi, ichimlik suvi va oqova suv hamda aloqa va axborotlashtirish tizimlari yaxshilanadi. Yangi axborot markazi tashkil qilinadi. Mehmon uylari yaratiladi.

— Shu yilning 20 iyunь kuni Tarag‘ay qishlog‘ida bo‘lib, mas'ul mutasaddilar bilan bir yil davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan barcha ishlarning rejasini tuzib oldik, - deydi viloyat hokimining o‘rinbosari Akbar Eshonqulov. — Yaqin kunlarda loyihalar yakunlanib, qurilish va obodonlashtirish ishlariga kirishiladi. “Tarag‘ay” turizm qishlog‘idagi o‘zgarishlar avvalo, hudud aholisini turmush tarzini yaxshilash va albatta tarixiy obidalarga, o‘ziga xos qadriyatlarga boy bo‘lgan hududga sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadlarini qamrab olgan.

— 2022 yildan boshlab har yili aprelь oyining birinchi o‘n kunligida “Tarag‘ay bahori” festivalini an'anaviy o‘tkazilishi viloyatimiz turizm va madaniy hayotida juda katta voqea bo‘ladi, albatta, — deydi viloyat hokimining o‘rinbosari Azamat Avazov. — Hozirda festivalni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirilib, festivalь dasturlari tayyorlanmoqda. Festivalga nafaqat viloyatimiz, balki, butun respublikamizdan, shuningdek, xorijlik mehmonlarning ham kelishi kutilmoqda. Tadbirga tayyorgarlik ko‘rish ishlari hozirdanoq boshlangan.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Нуратинский питомник горных козлов
Был в сети: 28.04 20:21
Все мероприятие автора
Нуратинский питомник горных козлов
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Узбекистан
  • Похожие мероприятие