-
Нет Отзывов
-
В избранные
Jizzax viloyatining so'lim go'shalari bugungi kunda barcha xalqaro tashkilotlar va xalqaro rassomlar e'tiborida bo'lmoqda. Jumladan, joriy yilning 15-30 iyul kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar (O'zbekiston,Rossiya,Mongoliya,Tojikiston, Qozog'iston,Qirg'iziston) davlatlarining taniqli xalqaro rassomlaridan iborat ijofiy guruhining yurtimiz bo'ylab sayohatlari tashkil etilmoqda.
Bugun ushbu xorijiy davlatlarning rassomlaridan iborat ijodiy guruh Zomin tumaniga sayohatga kelishdi. Rassomlar dastlab Zomin tumanidagi Kelajak Kasblar maktabida bo'lishib, u yerda yaratilgan sharoitlar, tashkil etilgan kasb-hunar va o'quv kurslari bilan yaqindan tanishishdi.
Shundan so'ng, mehmonlar tuman markazidagi Xotira maydoni va Nuroniylar maskanida bo'lishib, ushbu majmualar faoliyati bilan tanishtirildi. Bundan tashqari, tashrif davomida ijodiy guruh "Ma'rifatli" jome masjidi hamda tumanda olib borilayotgan boshqa bunyodkorlik ishlari guvohi bo'lishdi.