-
Нет Отзывов
-
В избранные
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diverfikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-sonli qarorining 1-ilovasi 25-bandiga binoan,
- hududlarda turizm axborot markazlarini tashkil etish;
- mamlakatdagi axborot markazlarini turizm salohiyatini namoyish etuvchi targ‘ibot materiallari bilan ta’minlash;
- targ‘ibotga doir barcha choralarni amalga oshirish vazifasi belgilangan.
Shuni ko‘zda tutgan holda, bosh boshqarma tomonidan Andijonning sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan qator obyektlari, xususan, Andijon temir yo‘l vokzali axborot markazi mamlakatimiz va viloyat turizm salohiyatini targ‘ib qiluvchi bir qator targ‘ibot materiallari bilan ta’minlandi.