Назад
Oilaviy mehmon uylari sayyohlar xizmatida
Краткое описание

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani soʼlim goʼshalaridagi betakror tabiat manzaralari, muqaddas qadamjolari bilan dunyo sayyohlarida katta qiziqish uygʼotmoqda.

Subtropik iqlimi bilan ham mashhur boʼlgan togʼli hududdagi Sangardak sharsharasining dovrugʼi yetti iqlimga yoyilgan. Tabiat inʼom etgan goʼzal maskan haqida qiziqarli afsona va rivoyatlar ham bor. 

Аvloddan-avlodga oʼtib kelayotgan bu rivoyatlardan birida aytilishicha, oʼtmishda ham bu sharsharani tomosha qilish uchun yunon, arab va boshqa davlatlarning hukmdorlari Sangardakka kelib, dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda joylashgan 150 metrli sharsharadan oʼzgacha zavq olgan. Demak, osmonoʼpar balandlikdan tushayotgan zilol suv ohangi qadimdagi hukmdorlarning ham asablarini erkalab, ularning kayfiyatini yanada koʼtargan. Hisor togʼ tizmasining shundoqqina biqinida yastanib yotgan tumanning qir, adirlari ham noyob oʼsimlik va hayvonot dunyosi, Nilu qishlogʼidagi qadimiy masjid, chinor daraxtlari va qishloq ahliga obi-hayot ulashib kelgan sirli hovuz ham har qanday kishini oʼziga maftun etadi. 

Maftunkor tumanda boshqa sohalar qatori turizmning ham rivojlanayotgani sayyohlarga zamonaviy sharoitlar yaratishni taqozo etadi. Shunga asosan barcha qulayliklarga ega yangi mehmonxonalar qurilmoqda. Yoʼl infratuzilmasi yaxshilanib, turistlarga savdo, maishiy va boshqa xizmatlar koʼrsatish tarmoqlari ishga tushirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida” gi qarori turizm faoliyati subʼektlarini rivojlantirishni qoʼllab-quvvatlab, hududlarning turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirdi. 

Аholining bandlik masalasini yechishga koʼmaklashdi. Mazkur hujjatga muvofiq Sariosiyo tumanida oilaviy mehmon uylari barpo etish istagini bildirgan xonadon sohiblari soni ham ortib bormoqda. Аyni paytda tumanda mahalliy va xorijlik sayyohlarga xizmat koʼrsatayotgan 30 ta oilaviy mehmon uylarining asosiy qismi Sangardak, Nilu va Subhidam mahallalarida faoliyat yuritmoqda. 

–Tabiat qoʼynida dam olib, betakror manzaralardan zavqlanishning baribir gashti boʼlakcha boʼladi, – deydi Sangardak mahallasidagi “Vahob hofiz” oilaviy mehmon uyi sohibi Аbduvahob Аzizov. – Uyimiz shundoq Sangardak sharsharasi yaqinida zilol suvli soy boʼyida joylashgan. Bu hududda yilning deyarli toʼrt faslida ham mahalliy va xorijdan kelgan mehmonlar boʼladi. Uyimizda ular uchun barcha sharoitlarni yaratganmiz. 

Kelgan xorijlik sayyohlar bu yerdan olgan boy taassurotlarini, tabiat manzaralari maftun etganini hayajon bilan gapirib, uyimizda koʼproq milliy taomlarimiz tayyorlanishi, urf-odatlarimiz va noyob milliy hunarmandligimiz bilan qiziqadi. Oʼz uyimizda goʼzal hududimizga kelayotgan turistlarga oilaviy xizmat koʼrsatib, bandligimizni taʼminlayotganimizdan mamnunmiz. Togʼli tumanda milliy urf-odat va anʼanalarimiz keng namoyon etiladigan oilaviy mehmon uylari bir yoʼla 300 ga yaqin sayyohga xizmat koʼrsatish quvvatiga ega boʼlib, 50 ta ish oʼrni yaratilgan.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Нуратинский питомник горных козлов
Был в сети: 28.04 20:21
Все мероприятие автора
Нуратинский питомник горных козлов
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Узбекистан
  • Похожие мероприятие