-
Нет Отзывов
-
В избранные
Bugungi kun holatiga 700 dan ortiq oilaviy mehmon uylari faoliyat yuritayotgan Toshkent viloyatining Ohangaron tumani Ertosh qishlog‘ida bir kunning o‘zida 32 ta mehmon uylari o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot ishlari sababli tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, natijada yangi mehmon uylari tashkil etildi.
Joriy oyda Ohangaron tumanida tashkil etilgan ushbu mehmon uyi egalariga reestrga kiritish orqali ko‘chirmalar berildi.
— Berilayotgan imkoniyatlar natijasida ishsiz yurgan fuqarolarimizning bandligi ta’minlanmoqda, dedi Bosh boshqarma bo‘lim boshlig‘i Sherzod Qobulov. Ertoshsoyda jami 67 ta mehmon uylari va 80 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi, deydi mas'ul xodim.
— Turistik salohiyati yuqori bo‘lgan ushbu go‘shaning mehmon uylariga siz ham tashrif buyuring, deb qo‘shimcha qildi tadbirkor U.Mirzaaliyev