Назад
Mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!
Краткое описание

Joylashtirish vositalari va ularda taqdim etiladigan xizmatlarga doir umumiy talablarni belgilovchi O‘z DSt 3220:2017 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” davlat standartiga tegishli hukumat qarorlariga muvofiq o‘zgartirishlar kiritildi.

 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni 25-moddasiga muvofiq mehmonxona va o‘xshash joylashtirish vositalarida nogironlar uchun sharoitlari bo‘lgan kamida bitta nomerning mavjud bo‘lishi hamda nomerni o‘rindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlangan va eshitish va ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq e’lonlar uchun displeylar hamda ovozli qurilmalar bilan jihozlash bo‘yicha talablar kiritildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning mamlakat turizm sohasiga salbiy taʼsirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ning 118-bandiga muvofiq, mehmonxona va o‘xshash joylashtirish vositalarida elektron dastur bilan integratsiyalashgan elektron kalitli (plastik magnit karta) elektron qulflar va “Xavfsiz turizm” va “Xavfsiz shahar” tizimlari, videokuzatuv tizimlarini joriy etish talabi joriy qilindi. Mazkur talablar 2022-yil 3-yanvardan boshlab amaliyotga tatbiq qilindi.

Maʼlumot uchun: O‘z DSt 3220:2017 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” davlat standartiga kiritilgan o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2021-yil 3-iyuldagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

 

Yuqoridagilarni inobatga olib, tadbirkorlik subyektlaridan joylashtirish vositalarini davlat standartlari talablariga muvofiqlashtirish lozimligi eslatib o‘tiladi.

 

Mazkur talablarning bajarilishi sertifikatlashtirish obyektlarida o‘tkaziladigan navbatdagi inspeksiya nazorati davomida standartga muvofiq kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha dasturga asosan tekshiriladi.

 

Jumladan, 2022-yilning yanvar oyida 20 ta joylashtirish xizmatini ko‘rsatish obyektlarida sertifikatlashtirish auditlari o‘tkazildi. Ularning natijalariga ko‘ra, 18 ta mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish obyektlarida elektron dastur bilan integratsiyalashgan elektron kalitli (plastik magnit karta) qulflar va nogironlar uchun maxsus xona tashkil etilmaganligi sababli sertifikatlashtirish bo‘yicha rad javobi berildi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Нуратинский питомник горных козлов
Был в сети: 27.04 21:05
Все мероприятие автора
Нуратинский питомник горных козлов
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Узбекистан
  • Похожие мероприятие