Назад
«Konigil» turizm qishlogʼiga aylantirildi
Краткое описание

Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi Samarqand viloyat maʼlumotiga koʼra, mazkur qishloqda xorijiy vaa mahalliy sayyohlar dam olishi, xalq amaliy sanʼatidan zavq olishi, milliy urf-odatlar, anʼanalar va taomlar bilan tanishishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Yaqinda turistik obʼektning tantanali ochilish marosimi doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʼrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi raisi Аziz Аbduhakimov «Konigil» fuqarolar yigʼiniga “turizm qishlogʼi” maqomini tasdiqlovchi sertifikat topshirdi.

«Konigil» aholisi hunarmandchilik, qishloq xoʼjaligi, chorvachilik va, albatta, oʼz mehmondoʼstligi bilan mashhurdir. Majmua hududida mehmonlarni qabul qilish va ularga xizmat koʼrsatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Oilaviy mehmon uylari, dam olish zonalari, piyoda yoʼlaklari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu yerda sayyohlar dam olishi, goʼzal tabiatdan bahra olishi, Siyob anhori boʼylab sayr qilishi va milliy taomlardan tatib koʼrishi mumkin. 

Dunyoga mashhur Samarqand qogʼozini ishlab chiqarishdan tashqari, mashhur «Konigilmeros» hunarmandchilik markazida kulollar va duradgorlar faoliyat yuritadi, qadimgi anʼanalar asosida oʼsimlik yogʼini ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilgan.

Shuningdek, «Konigil»ga tashrif buyurgan sayyoh uchun shu joyning oʼzida ishlab chiqarilgan yogʼda tayyorlangan oshni tatib koʼrish va mashhur Samarqand nonlarini tayyorlash boʼyicha mahorat darslarida ishtirok etish imkoniyatlari yaratilgan.

— 2022 yildan boshlab har yili aprelь oyining birinchi oʼn kunligida “Taragʼay bahori” festivalini anʼanaviy oʼtkazilishi viloyatimiz turizm va madaniy hayotida juda katta voqea boʼladi, albatta, — deydi viloyat hokimining oʼrinbosari Аzamat Аvazov. — Hozirda festivalni oʼtkazish boʼyicha ishchi guruh shakllantirilib, festivalь dasturlari tayyorlanmoqda. Festivalga nafaqat viloyatimiz, balki, butun respublikamizdan, shuningdek, xorijlik mehmonlarning ham kelishi kutilmoqda. Tadbirga tayyorgarlik koʼrish ishlari hozirdanoq boshlangan.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Нуратинский питомник горных козлов
Был в сети: 28.04 20:21
Все мероприятие автора
Нуратинский питомник горных козлов
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Узбекистан
  • Похожие мероприятие