Назад
InterContinental Toshkentga qaytmoqda
Краткое описание

InterContinental Hotels & Resorts oradan 10 yil oʻtib, Toshkentga qaytishini maʼlum qildi. Brendning yangi mehmonxonasi poytaxt markazidagi Trilliant Business Park majmuasida joylashadi.

Mehmonxona brendi 15 yillik faoliyatdan soʻng 2012-yilning may oyida Oʻzbekistonni tark etgandi. Oʻsha paytda bu shahardagi yagona besh yulduzli mehmonxona edi. Hozirda mehmonxona International Hotel deb ataladi va u davlatga tegishli.

InterContinental Tashkent yangi joyda — shaharning qoq markazida UzTur Investment and Development tomonidan barpo etilayotgan Trilliant Business Park majmuasida joylashadi. Mehmonxonada 216 ta xona, jumladan, 40 ta maxsus lyuks va 2 ta prezident xonalari boʻladi.

Majmua Amerika “yashil” imoratlar Kengashi tomonidan sertifikatlangan LEED Gold (Leadership in Energy and Environmental Design) boʻlgan mamlakatdagi birinchi loyihadir.

Mehmonxonadan xorijiy va Markaziy Osiyo oshxonasidan iborat ikkita restoran, shuningdek, 2500 kvadrat metrdan ortiq konferensiya markazi joy oladi.

1946-yilda tashkil topgan InterContinental Hotels & Resorts dunyo boʻylab 200 dan ortiq mehmonxonaga egalik qiladi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Нуратинский питомник горных козлов
Был в сети: 27.04 21:05
Все мероприятие автора
Нуратинский питомник горных козлов
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Узбекистан
  • Похожие мероприятие