-
Нет Отзывов
-
В избранные
Oʼzbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini targʼibot qilish boʼyicha Indoneziyaning TVRI(Televisi Republik Indonesia) davlat teleradiokompaniyasi vakillaridan tashkil topgan delegatsiya aʼzolari Buxoroda suratga olish ishlarini olib bordi
Joriy yilning 19-iyunь kuni Indoneziyaning bir guruh ijodkorlari TRI telekanali uchun Buxoroning ziyorat maskanlarida suratga ishlarini olib bordi.
"Buxoro islom madaniyati poytaxti boʼlgani sabab Indoneziyada bu qadim va muqaddas shaharga qiziquvchilar juda koʼp. Shu sabab biz Buxoroning muqaddas qadamjolarini xalqimizga namoyish etmoqchimiz",- dedi loyiha rejissyori Tia Tetra.
Shuningdek, Indoneziya telekanali ijodkorlari Buxoroning Аrk qoʼrgʼonidan Labi hovuzgacha boʼlgan manzilda ham suratga olish ishlarini olib borishdi.