Назад
Har yili iyulda “Yoshlar turizmi oyligi” o‘tkaziladi
Краткое описание

Betakror yurtimiz o‘zining tarixiy, madaniy meros ob’ektlari, go‘zal tabiati va iqlimi bilan hamisha sayyohlarni jalb etib keladi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish, uni iqtisodiyotning strategik sektoriga aylantirish, hali to‘la foydalanilmagan sayyohlik salohiyati imkoniyatlaridan keng foydalanish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarni jadallashtirish borasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qator yig‘ilishlar o‘tkazilayotgani, sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar qabul qilinib, dolzarb vazifalar belgilab berilayotgani alohida ahamiyatga ega.  

Jumladan, shu yil 30 aprelda qabul qilingan “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va hajmini keskin ko‘paytirish, fuqarolarni mamlakatimizning turizm salohiyati bilan tanishtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, taqdim etilayotgan turizm xizmatlari sifatini yaxshilash va jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan qator vazifalar o‘z aksini topgan. Xususan, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ko‘plab maqsad-vazifalar belgilab berildi.  

Mazkur qarorga ko‘ra, 2022 yildan boshlab iyul oyida “Yoshlar turizmi oyligi”, 2023 yildan boshlab esa yanvar oyining birinchi dekadasi va mart oyining uchinchi dekadasida “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkaziladi. Ta’kidlash joizki, ushbu sa’y-harakatlar ichki turizmni rivojlantirish hamda yoshlarning mazmunli sayohatlarini tashkil etish, ularni yurtimizning turistik manzillari va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Bu borada belgilangan vazifalarga ko‘ra, “Yoshlar turizmi oyligi” va “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida o‘quvchi, talaba va yoshlarning sayohat guruhlari maxsus jihozlangan xizmat avtomobillarida ichki ishlar organlari hamrohligida tashiladi. Buning xarajatlari esa Ichki ishlar vazirligi Maxsus byudjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 

“Yoshlar turizmi oyligi” doirasida Yoshlar turizmi qurultoyi tashkil etilib, respublikaning har bir hududidan 50 nafar iqtidorli, ijtimoiy himoyaga muhtoj, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchi, talaba va yoshlar jalb qilinadi. Kitobxonlik kunlari, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari hamda madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etiladi.

Shuningdek, yoshlarga o‘rnak ko‘rsatadigan sportchilar va murabbiylar hamda san’at va madaniyat, ilm-fan va biznes sohalarining namoyondalari ishtirokida mahorat darslari o‘tkaziladi, ijodiy muloqotlar uyushtiriladi, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etiladi. 

Qayd etish joizki, ayni yoz pallasida, o‘quvchi va talaba yoshlarning ta’til davrida “Yoshlar turizmi oyligi” muntazam tashkil etilishi yoshlarning yozgi dam olishini mazmunli o‘tkazishga zamin bo‘ladi. Shuning barobarida ularni mamlakatimizning so‘lim manzillariga, tarixiy obidalariga sayohatlarini uyushtirishda ayni muddaodir. 

Ushbu oylik yurtimiz yoshlarini birlashtirishga hamda ularning yurt manzillari, sayyohlik maskanlari haqida keng tushuncha va boy taassurotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi. Yurtimiz go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish, ajdodlarimiz merosi bo‘lmish tarixiy maskanlar uzra sayohat qilish o‘g‘il-qizlarimizning ona Vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida ulg‘ayishida muhim omildir. 

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling va yurtimiz betakrorligidan, boy o‘tmishi, tarixi va bugunidan bahramand bo‘ling! 

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Нуратинский питомник горных козлов
Был в сети: 28.04 20:21
Все мероприятие автора
Нуратинский питомник горных козлов
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Узбекистан
  • Похожие мероприятие