-
Нет Отзывов
-
В избранные
Turistik salohiyati tobora yuqorilab borayotgan mamlakatimizda xostellarning soni ko‘payotgani quvonarli hol.
Jumladan, shahrimizda yana bir ko‘rkam xostel tashkil etgan tadbirkorga o‘z ish faoliyatini olib borishi uchun Xostellar yagona reestridan ko‘chirma taqdim etildi.
Tashabbuskor tadbirkor "Bahor84" MCHJ tomonidan yaratilgan ushbu "Eski shahar" nomli yangi xostel Andijon viloyati, Andijon shahri, Bozor ko‘chasi 6-uyda joylashgan. 14 ta xona, 34 ta o‘rinlardan iborat xostel o‘zining shinam va qulayligi, barcha zamonaviy talablar asosida jihozlanganligi bilan boshqa joylashtirish maskanlaridan ajralib turadi.
Xosteldagi har bir xonada televizor, konditsioner, sanuzel, qolaversa, tashrif buyuruvchilar uchun boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari milliy taomlar oshxonasi, wi-fi, taksi xizmati mavjud.