Назад
2021 yilda 1,7 million xorijiy va 7,7 million mahalliy sayyohlarga xizmat ko‘rsatilgan
Краткое описание

Yurtimiz o‘zining tabiati, tarixiy obidalari, qator turizm maskanlari bilan yuqori sayyohlik salohiyatiga ega. Shu bois, mamlakatimizda turizm, shu jumladan, ekoturizmni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Turizm sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishga qaratilgan “Turizm to‘g‘risida”gi qonun, Prezidentimizning tegishli farmon va qarorlari qabul qilindi.

Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan turizm xizmatlari sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘plab imtiyozlar berildi.

2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvarga qadar tegishli turizm hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan hamda ushbu hududda xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz, ushbu hududlardagi ob’ektlar va ular egallagan yer uchastkasi bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i miqdorlari mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilandi.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlar va dam oluvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, turizm sohasining sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratildi. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi 35-maqsadida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 milliondan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 millionga yetkazish vazifasi belgilab qo‘yildi.

Mamlakatimizda turizm xizmatlari sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2021 yilda 1,7 million xorijiy va 7,7 million mahalliy sayyohlarga xizmat ko‘rsatilib, turizm xizmatlari eksporti 400 million dollarga yetkazildi. Shuningdek, respublika bo‘yicha jami 148 ta mehmonxona, 128 ta turistik tashkilot hamda 1 ming 15 ta oilaviy mehmon uylari tashkil qilinib, 4 ming 634 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Parlament quyi palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi tomonidan “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijro etilishi hamda O‘zbekistonning turizm salohiyatini yanada oshirish, shu jumladan, ekoturizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati o‘rganilganda, sohada o‘z yechimini kutayotgan bir qator tizimli masalalar mavjudligi aniqlandi.

Shundan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining shu yil 21 iyunda bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovga “O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan, ekoturizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi parlament so‘rovi yuborildi.

Ta’kidlash joizki, parlament so‘rovi parlament nazoratining eng muhim shakllaridan biri sifatida o‘z samarasini ko‘rsatib kelmoqda. Turizm va madaniy meros vaziriga yuborilgan mazkur parlament so‘rovi ham sohadagi ishlarni baholash bilan birga, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, yurtimizning sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirish, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Нуратинский питомник горных козлов
Был в сети: 27.04 21:05
Все мероприятие автора
Нуратинский питомник горных козлов
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Узбекистан
  • Похожие мероприятие