-
Нет Отзывов
-
В избранные
Zomin tumani “Duoba” qishloq fuqarolar yigʼini hududida zarur infratuzilmalarni barpo etish, oilaviy mehmon uylari faoliyatini va qoʼshimcha turizm xizmatlarini yoʼlga qoʼyish hamda mahalliy aholini turizm sohasidagi tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida “Duoba” qishlogʼida “Turizm qishlogʼi” tashkil etiladi.
– Zomin tumani hududida Turizm qishlogʼini tashkil etishdan maqsad hududning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, sohada qoʼshimcha xizmatlarni joriy qilish orqali aholini ish bilan taʼminlash,turistlar oqimini yanada koʼpaytirish, turistlarni hududning madaniy meʼroslari hamda qadriyatlari bilan tanishtirish, sayyohlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, hududda zamonaviy va milliy turizm infratuzilmasining izchil rivojlanishini taʼminlash, mehmonxona va transport xizmatlari turlarini kengaytirish, sifatini yaxshilash hamda mazkur sohada faoliyat yuritish istagida boʼlgan tadbirkorlik subʼektlariga koʼmaklashish, ichki turizmni faollashtirishdan iborat -dedi Jizzax viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʼi Sh.Аbdimurodov.
Zomin tumanidagi "Duoba" turizm qishlogʼi rejasiga koʼra, bu yerda bir qator dam olish maskanlari, turistlar uchun yangi namoyish obьektlari, maxalliy aholi tomonidan tayyorlangan milliy taomlar markazlari, milliy hunarmandchilik va etnoturizm namunalari, eng asosiysi, xalq tabobati, yaʼni asalarichilik markazlari joriy qilinishi koʼzda tutilgan.
Maʼlumot oʼrnida eslatib oʼtish joizki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-sonli Farmoniga muvofiq 2020 yildan boshlab «Turizm mahallasi», «Turizm qishlogʼi» yoki «Turizm ovuli» maqomi berilgan fuqarolar yigʼinlari «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlariga birinchi navbatda kiritiladi.