Назад
Toshkent viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining yarim yillik faoliyati tahlil qilindi
Краткое описание

Toshkent viloyatidagi Ichki va Ziyorat turizmida olib borilgan ishlar, hududdagi ziyorat obyektlarining holati hamda mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Turizm va madaniy meros vazirligining ishchi guruh vakillari viloyatning hududiy boshqarmasida bo‘lishdi. 

Nazorat jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-son qarorining 17-bandi ijrosi bo‘yicha hududda mavjud madaniy meros obyektlarining tahlili hamda o‘tkazilgan xatlov yuzasidan kuzatuvlar olib borildi.

Shuningdek, viloyatdagi “Iyk-Ota” va “Shodmalik ota” ziyoratgohlarida yaratilgan sharoitlar o‘rganilganda namozxona mavjudligi, sanitar-gigiyenik shoxobchalar mavjudligi, 500 ta kitoblar jamlanmasidan iborat kutubxona shakllantirilganligi, obodonlashtirish ishlari olib borilganligi ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, boshqa qadamjolar ham ham sayohatchilar uchun barcha sharoitlar, jumladan chiqindi qutilari mavjudligi, yo‘l ko‘rsatkich belgilari o‘rnatilganligi, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriganligiga guvoh bo‘lindi.

– Obodon ishlariga mehr berganliklaring ma’lum va bu meni quvontirdi, deydi ziyoratgohda farroshlik qilayotgan ayollar bilan suhbat davomida Turizm va madaniy meros vazirligining ishchi guruhi a’zosi Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boshqarmasi mas’ul xodimi Soliyeva Shaxlo mamnuniyat bilan.

O‘rganishlar natijasida qaror ijrosi yuzasidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida yillik reja asosi (834 ming may iyul oylari) da joylarda tashkiliy va tag‘ibot ishlari olib borilganligi ma’lum bo‘ldi. Buning pirovardida 316.7 ming aholining sayohatlari amalga oshirilib, rejaga nisbatan 102.7% ga erishilgan.

Bu borada sayohatlarning amalga oshirilish samaradorligini yaxshilash uchun viloyatda mavjud sharoitlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, hududda hozirgi kunda 68 nafar gid ekskursavodlar faoliyati mavjud hamda faol 53 ta turkompaniyalar bilan ishlar amalga oshirilmoqda.

Kuzatuvlar yakuniga ko‘ra, olib borilgan ishlar ijobiy baholanib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.  

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Питомник 20 горных козлов северцева
Был в сети: 27.04 21:05
Все мероприятие автора
Фориш тумани Хаёт қишлоғи
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие