Назад
Tajriba almashish hamda o’rganish maqsadida ayni kunlarda Koreyada bo’lib turgan Turizm qo’mitasi va Buxoro viloyati delegatsiyasi vakillari Koreys xalq qishlogʻi (Korean Folk Village) da bo’ldi.
Краткое описание

Koreys etnik qishlog’i rahbariyati bilan bo’lgan uchrashuvda o’zaro turizm qishloqlari va mahallalari tajribasi haqida so’z bordi. 

Kelgusida Buxoro hamda Koreya etnik qishloqlarining birodarligini yo’lga qo’yish to’g’risida fikrlar ilgari surildi. O’zaro hamkorlik aloqalari o’rnatilib, Koreya delegatsiyasi Buxoroga taklif qilindi. 

“Korean Folk Village” -  Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasidagi Seul metropoliyasining sunʼiy yoʻldosh shahri boʻlgan Yon’in shahridagi ochiq osmon ostidagi muzeyi va turistik diqqatga sazovor joyi bo’lib, u birinchi marta 1974 yil 3 oktyabrda ochilgan (1973 yilda poydevor qo'yilgan va 1974 yilda yakunlangan). 

Koreya xalq qishlog'i Janubiy Koreyaning eng yirik istirohat bog'i bo'lgan Everlend yaqinida joylashgan koreyslar va chet elliklar orasida mashhur sayyohlik maskani hisoblanadi.

Tarixiy Choson sulolasi davridagi qishloqning nusxasini yaratish uchun butun mamlakat bo'ylab haqiqiy uylar ko'chirilgan va tiklangan. KFV (korean folk village) mavsumiy o'zgarishlarni nishonlash va an'anaviy madaniy chiqishlar kabi tadbirlarga mezbonlik qiladi. 

Qishloq tabiiy muhitda joylashgan va 350 gektar maydonni egallaydi. Bu yerda tarixiy Choson sulolasini eslatuvchi 260 dan ortiq anʼanaviy uylarni topish mumkin. Koreys folklor qishlog'ining maqsadi an'anaviy koreys hayoti va madaniyati elementlarini namoyish etishdir. Shu yili mazkur turistik qishloq o’z 50 yilligini nishonlaydi. 

Mazkur qishloq bir nechta bo'limlardan iborat bo'lib, turli hududlardagi ijtimoiy tabaqalar (dehqonlar, er egalari va hkz.) an'anaviy uylarining ko'plab nusxalarini o'z ichiga oladi. 

100 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarini qamrab olgan bu etnik qishloqda, 200 ga  yaqin aholi istiqomat qiladi.

Etnik qishloqqa kuniga o’rtacha 13000-15000 sayyoh kelsa, eng rekord darajasi, 23 000 sayyohni qamrab olgan.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов