Назад
Surxondaryoda ziyorat turizmi targʻib qilindi
Краткое описание

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining ichki va ziyorat turizmini rivojlantirishga oid tegishli farmon va qarorlari ijrosi doirasida bugun Surxondaryo viloyatining Boysun, Denov, Oltinsoy va Termiz tumanlarida “Ziyorat turizmi” yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, tumanlar hokimligi, "Hunarmand" uyushmasi viloyat boshqarmasi va tegishli ziyorat turizmi obektlari hamkorligida tashkil etilgan tadbirlarda mamlakatimizda keyingi yillarda yurtimizning sayyohlik salohiyati, shu jumladan, ziyorat turizmini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

 Termiz tumanidagi Hakim at Termiziy majmuasida boʻlib oʻtgan tadbirda Termiz shahri va tumanda ziyorat turizmi yoʻnalishida faoliyat yurituvchi turoperator va tadbireorlar, qoʻli gul hunarmandlar ishtirok etdi.

Yarmarka va koʻrgazmada qadimiy vohaning ziyorat turizmi salohiyatini koʻrsatib beruvchi turli targʻibot materiallari, milliy hunarmandchilik va milliy suvenir mahsulotlari namoyish etildi. 

Yarmarka buyuk ajdodimiz Hakim at Termiziy majmuasiga ziyoratga kelgan sayyohlarda boy taassurot oʻygʻotdi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Питомник 20 горных козлов северцева
Был в сети: 27.04 21:05
Все мероприятие автора
Фориш тумани Хаёт қишлоғи
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие