Назад
USAIDning biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi xodimlari Shaxnoza Abdukarimova va Shennon Gaffni Xiva shahriga tashrif buyurishdi
Краткое описание

2024 yil 19 noyabr kuni USAIDning biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi xodimlari Shaxnoza Abdukarimova va Shennon Gaffni Xiva shahrida tashrif buyurdi. Ularning tashrifi davomida Xiva shahar hokimligida viloyatdagi xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Xorazm viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy salohiyatni oshirish masalalari muhokama qilindi. Shahar hokimligi vakillari va USAID loyihasi xodimlari mahalliy tadbirkorlar bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirish, ularga yangi imkoniyatlar yaratish va hududning iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash borasida kelishuvlarga erishdilar.

Tadbir, shuningdek, tadbirkorlar uchun o‘z bizneslarini rivojlantirishga qaratilgan yangi g‘oyalar va imkoniyatlar haqida ma'lumot olish imkonini yaratdi. Uchrashuv, mahalliy tadbirkorlarning fikr va takliflarini tinglash uchun samarali platforma bo‘ldi.

Tashrif davomida rasmiy vakillar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun kichik doirada uchrashuvlar o‘tkazdilar. Uchrashuvda Xivada yashil arxitekturani rivojlantirish, turizm salohiyatini oshirish va shaharda yangi imkoniyatlar yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Yashil turizmni rivojlantirish bo‘yicha fikrlar almashilib, Xivaning turizm sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish yo‘llari yuzasidan qimmatli mulohazalar bildirildi.

Mazkur tashabbus USAID va Xiva shahar hokimligi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va Xorazm viloyatining iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida muhim rol o‘ynaydi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов