-
Нет Отзывов
-
В избранные
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 26 aprel kuni o‘tkazilgan turizm xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida mavjud imkoniyatlarni ishga solib, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilingan edi.
Mazkur vazifalardan kelib chiqib Toshkent viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2022-yil 30-apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq respublika bo‘yicha maxsus soliq tartibi joriy etildi.
Joylardagi 28 ta tuman-shaharning 135 ta mahallalarida turizm sohasini rivojlantirish dasturlari belgilab olindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent viloyatining Angren shahri va Ohangaron, Parkent, Bo‘stonliq tumanlaridan 21 ta mahalla tanlab olinib, mazkur hududlarda 2022-yilda turizm xizmatlari va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritalari tasdiqlandi.
Go‘zal tabiati, so‘lim go‘shalari bilan sayyohlarni jalb etayotgan Ohangaron tumanining Ko‘ksaroy, Ovjazsoy va Alisher MFYlari ham ushbu ro‘yxatga yeiritilgan hududlardan sanaladi.
Turistik salohiyati yildan yilga yuksalayotgan tumanning uzoq tog‘li qishloqlarida tashrif buyurayotgan turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati tobora yaxshilanmoqda. Xususan, viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari Alisher MFYda olib borilayotgan ishlar hamda tadbirkorlik sub’yektlariga maxsus soliq rejimi joriy etilganligi bo‘yicha o‘rganish ishlari o‘tkazildi va kerakli tavsiyalar berildi.
Olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida tumanning chekka mahallarida oilaviy tadbirkorlik qilish istagini bildiradiganlar soni ortmoqda.