Назад
Shveysariyalik investor "Ovjazsoy"da turizmni rivojlantirishga 40 million dollar yo'naltiradi
Краткое описание

Ohangaron tumani Ovjazsoy qishlog‘ida turizm klasteri yaratish borasida kichkina va kamtarona, lekin buyuk ishlarga yetaklovchi davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuvda Ohangaron tumani hokimi Abdurasul Abdullayev, tuman hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Gʻolib Eshmirzayev, viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Iskandar Xatamov, xorijiy investor “Evrol international” MCHJ bosh direktori va ta’sischisi Zoerengre Boukary Burkinabe hamda “Tog‘ o‘lkasi maskani” MCHJ xodimlari ishtirok etishdi.

Qariyb 20 ga hududga 40 million AQSH dollar investitsiya kiritilishi kutilayotgan mazkur loyihaga asosiy ulush chet ellik mehmon janob Boukary, 20 foiz qismi esa “Tog‘ o‘lkasi maskani” MCHJ tomonidan amalga oshirilishi belgilangan ushbu investitsiyaviy loyiha doirasida 40 ta ikki qavatli zamonaviy kotedjlar, suzish havzalari, sanatoriy va davolanish maskani, o‘yingohlar, do‘konlar, sport olimpiadalari uchun alohida suzish havzasi, dor yo‘li, shuningdek dor yo‘li bo‘ylab piyodalar yurishi uchun maxsus yo‘laklar, qolaversa kichkina hayvonot bog‘ini barpo etish ham loyihalashtirilgan.

Tumanning turistik salohiyatini yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladigan ushbu investitsiyaviy loyiha bilan tanishar ekan, tuman hokimi A.Abdullayev zaruriy choralarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

– Men Shvetsariyada yashayman va biznes yuzasidan ko‘plab mamlakatlarda bo‘lganman. Bu yerning havosi hatto Shvetsariyada ham topilmaydi. U yerliklar toza havo qadrini yaxshi bilishadi. Ayrim dori-darmonlar tuzata olmaydigan ba’zi kasalliklar aynan tog‘ havosi bilan tuzalgani bois mening biznesdagi hamkorlarim mazkur loyiha ustida ish olib boshlaganimni eshitib, tezlashtirishimni so‘rashyapti. Shu sababli men nafaqat daromad topish, balki mazkur maskan o‘zining shifobaxsh havosi bilan menga qiziqish uyg‘otgani uchun turistlar oqimini tumaningizga ko‘proq jalb qilishga ham o‘z hissamni qo‘shmoqchiman, deydi xorijlik investor.

Muloqot jarayonida bo‘lajak turizm klasterining barpo etilish kelajagi xususida salmoqli vazifalarga kelishildi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Питомник 20 горных козлов северцева
Был в сети: 28.04 20:21
Все мероприятие автора
Фориш тумани Хаёт қишлоғи
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие