Назад
ShHTda “Samarqand ruhi”
Краткое описание

Azaldan Samarqand tarixiy uchrashuvlar maskani, o‘zaro madaniy boyitish, xalqaro savdo va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash ko‘prigi bo‘lib kelgan. Joriy yilning sentyabr oyida ham Samarqand mintaqaviy va global rivojlanishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun o‘ziga xos maydonga aylanadi.

Yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga sanʼat salmoqli hissa qo‘shmoqda. Sanʼat xalqlarni birlashtiradi, ularni turli mamlakatlarning tarixi, madaniyati, meʼmorchiligi va tabiati bilan tanishtiradi, turli xalqlarning psixologiyasi va anʼanalarini yaxshiroq tushunishga imkon beradi.

Shu kunlarda Samarqand shahrida Turizm va Madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan rassomlarning pleneri o‘tkazilildi. Ushbu loyihadan maqsad ShHTga “Samarqand ruhi”ni yetkazishdir.

Ikki hafta davomida tabiiy muhitda, ob-havo va quyosh nuri taʼsirida Rossiya, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan kelgan rassomlar, shuningdek, O‘zbekistondan kelgan bir guruh rassomlar Shoxi Zinda, Guri Amir, Registon va Samarqandning boshqa tarixiy joylarini o‘z asarlarida tasvirlamoqdalar.

– Samarqand va Buxoroni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni ko‘pdan beri orzu qilardim, chunki bu shaharlar ijodkor uchun cheksiz ilhom bag‘ishlaydi, – deydi rassom, Sankt-Peterburg madaniyat va sanʼat universiteti dotsenti Tatyana Anisimova. - Shu kunlarda keyingi ijodim va talabalarim bilan ishlash uchun juda katta material to‘pladim. Umid qilamanki, mening akvarel rangtasviridagi asarlarim ShHTga bag‘ishlangan ko‘rgazmasiga yengillik va yorqinlik baxsh etadi.

Plener zamonaviy shaharlardagi temir-betondan chiqib ketish, madaniyatning eng qiziqarli yodgorliklari bilan tanishish imkonini beradi. Samarqanddagi plenerda ishtirok etish taklifini olganim bilanoq, ko‘k gumbazlar tushlarimga kira boshladi, - deb aytmoqda mo‘g‘ulistonlik rassom Ganzorig Ser-od. - Lekin Shoxi-Zinda majmuasiga yetib borganimda, bu yerning ulug‘vorligi, meʼmorchiligi va ko‘k rangning xilma-xilligi meni hayratda qoldirdi. Ochiq osmon ostidagi ikki haftalik ishim davomida Samarqand tarixiy obidalarining ko‘rkini , o‘zbek xalqi madaniyatining o‘ziga xosligini o‘z asarlarimda yetkazishga harakat qildim.

Samarqanddagi plener davomida ijod qilgan rassomlarning asarlari ko‘rgazmada namoyish etiladi, bu ShHT mamlakatlari o‘rtasida madaniy hamkorlikni rivojlantirish, yangi aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim qadam bo‘ladi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Питомник 20 горных козлов северцева
Был в сети: 27.04 21:05
Все мероприятие автора
Фориш тумани Хаёт қишлоғи
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие