-
Нет Отзывов
-
В избранные
Turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti direktori PhD, i.f.n. Golisheva Yelena Vyacheslavovna tantanali Science and Innovations Awards – 2025 nufuzli taqdirlash marosimida “Ilm-fan sohasdagi xizmatlari uchun” nominatsiyasi g‘oliblarini taqdirlash jarayonida faxriy mehmon sifatida ishtirok etdilar.
🎉Mazkur tadbir (https://t.me/science_innovations/7932) ilm-fan va innovatsiyalar sohasida yuksak natijalarga erishgan yetuk mutaxassislar hamda ilg‘or tashabbuslarni e’tirof etishga bag‘ishlangan bo‘lib, Turizmni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti Science and Innovation ilmiy jurnalining asosiy hamkorlaridan biri sifatida ushbu jarayonda faol ishtirok etib kelmoqda.
✨Institut rahbarining mazkur marosimdagi ishtiroki turizm sohasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga qaratilgan tizimli faoliyat, shuningdek institutning mamlakat ilmiy hamjamiyatidagi nufuzi yuksak darajada e’tirof etilayotganining yorqin ifodasidir.
Russian