-
Нет Отзывов
-
В избранные
Viloyat turizm va madaniy meros boshqarmasining maʼlumotlariga koʼra, joriy yilning may oyida Samarqandga 91 ming 633 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadda kelgan. Oʼtgan yil may oyida bilan qiyoslaganda sayyohlar soni 4 baravar oshgan.
Sayyohlarning katta qismi Tojikiston (34,8 ming nafar), Rossiya (23,8 ming nafar), Qozogʼistondan (8,5 ming nafar) kelgan.
Shuningdek, Turkiya (3,3 ming), Germaniya (2,3 ming), Frantsiya (1,8 ming), АQSh (1,5 ming)dan ham Samarqandni koʼrish istagida boʼlganlarning tashrifi kuzatilgan.
Yaqinda oʼtkazilgan matbuot anjumanida viloyat hokimi oʼrinbosari R.Qobilov viloyatga sayyohlar tashrifi nafaqat son jihatidan, balki sifat jihatidan ham oʼzgarib, ularning hududda qolish kunlari 2,6 kunni tashkil etayotgani, kunlik xarajatlari esa 2021 yildagi 120 АQSh dollaridan 152 АQSh dollariga oʼsganini maʼlum qilgandi.
Sayyohlarning viloyatda qolish davrini uzaytirish maqsadida joriy yilning oʼzida 62 ta yangi turizm yoʼnalishi tashkil etiladi.