Назад
Samarqand shahriga info-tur
Краткое описание

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan respublika ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun Samarqand shahriga info-tur tashkil etildi.

Info-tur davomida jurnalist va blogerlar yangi turistik xizmat ko‘rsatish ob’ektlari bilan tanishdilar, shu kunlarda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan ShHTga a’zo davlatlar rassomlarining pleneriga tashrif  buyurishdi, shuningdek, “O`zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori”  xalqaro kongress ishini yoritib bordilar.

– Samarqand shahridagi turistlarga xizmat ko‘rsatish barcha ob’ektlari o‘ziga xosligi, dizaynga ijodiy yondashuvi bilan ajralib turganligi mamnun qiladi, – deydi Turizm va madaniy meros vazirligi axborot xizmati rahbari Lola Rahmanbayeva.

- Samarqandda ko‘p  bo‘lganman, lekin bu tashrifim davomida ulkan estetik zavq oldim, - deydi O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi muxbiri Sharofiddin To'laganov. - Birinchidan, qadimiy shaharning tarixiy maskanlarida turli mamlakatlardan kelgan rassomlar ishlayotganidan, ikkinchidan, turistik  xizmat ko’rsatish joylari naqadar yuksak did bilan bezatilganidan.  Meni tarixchi sifatida Ulug‘bek madrasasida joylashgan “Samarqand  ta’lim tarixi” ko‘rgazmasida mum siymolarning namoyishi juda xursand qildi.

Info-tur davomida olingan ma'lumotlar jurnalistlar tomonidan o'z materiallarida, bloglarida va efirga beriladigan reportajlarda berib boriladi.

 

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Питомник 20 горных козлов северцева
Был в сети: 27.04 21:05
Все мероприятие автора
Фориш тумани Хаёт қишлоғи
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие