-
Нет Отзывов
-
В избранные
G‘ijduvon tumani "Qo‘rg‘on" turizm mahallasiga qarashli "Yoshlar bog‘i" (aleya)da milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va hunarmandchilik an’analarini keng targ‘ib etish maqsadida “G‘ijduvon kulolchiligi va pazandalari” nomli gastronomik festival tashkil etilmoqda
Mazkur festival viloyatimiz mehmonlari, xorijiy sayyohlar hamda mahalliy aholi uchun Buxoroning boy madaniy merosi, milliy hunarmandchiligi va pazandachilik san’ati namoyish etilmoqda.
Festival doirasida kulolsozlar, kashtado‘zlar va boshqa hunarmandlarning mahorat darslari, yosh suratkashlarning ko‘rgazmalari va ayniqsa, milliy folklor jamoalarning sahna chiqishlari festival ishtirokchilariga xush kayfiyat bag'ishlamoqda.
Tadbir davomida G‘ijduvonning mashhur kulolchilik maktabi va milliy taomlari mehmonlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Festival Buxoroning sayyohlik salohiyatini yana bir bor namoyon etilib, mahalliy va xorijiy mehmonlarda ulkan taassurot qoldirmoqda.
Ta'kidlash joizki, ushbu festival xalq hunarmandchiligi va gastronomik merosimizni asrab-avaylash, targ‘ib qilish hamda turizm sohasini yanada rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.