Назад
O‘zbekiston-Qirg‘iz Respublikalari chegarasida joylashgan “Uchqo‘rg‘on” va "Kengsay" chegara bojxona postlari ochildi
Краткое описание

O‘zbekiston-Qirg‘iz Respublikalari chegarasida joylashgan “Uchqo‘rg‘on” va "Kengsay" chegara bojxona postlari ochildi

 

Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimiz Namanganga tashrifi chog‘ida faollar bilan uchrashuvda Qirg‘iz tomoni bilan kelishilgan holda “Uchqo‘rg‘on” bojxona postini ishga tushirishni jadallashtirish zarurligi qayd etgandi. Chegara posti yaqinida Xitoylik hamkorlar bilan “Uchqo‘rg‘on-Kensay” logistika markazini barpo etish rejalashtirilganini ta’kidlagandi.

Uzoq kutilgan voqea - endi "Uchqo‘rg‘on-avtoyo‘l” va Qirg‘iz Respublikasining “Kensay-avtoyo‘l” o‘tkazish punktlari  yana ikki Davlat fuqarolari xizmatini boshladi. Shu munosabat bilan bugun chegarada katta shodiyona - ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ikki tomon vakillarining samimiy uchrashuvi bilan boshlandi. Shundan so‘ng o‘zbek va qirg‘iz san’atkorlarining ikki xalq tilidagi qo‘shiqlari voqelikdan mamnun aholining raqslariga ulandi.

 O‘zbekiston- Qirg‘iz Respublikalariga kirish-chiqishni 500 km. ga qisqartiruvchi chegara posti qurilishi ishlari nihoyasiga yetdi. Mazkur maskandan kuniga 500 tadan ortiq yukli hamda 300 dan ziyod yengil transport, 10000 nafarga yaqin aholi o‘tishi kutilmoqda.

Tantanali tadbirda Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Boqit To‘raboev hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov so‘zga chiqib, ushbu maskanning davlatlararo ahamiyati haqida to‘xtaldilar.

Mazkur bojxona chegara postining ochilishi nafaqat Namangan viloyati, balki Farg‘ona vodiysi uchun ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda katta qulayliklar yaratadi. Shuningdek, hudud  iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Logistika, xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanadi.  Ramziy lenta qirqilgach,  o‘zaro  do‘stlik ramzi sifatida daraxt ko‘chatlari ekildi. Hayajonli lahzalar ikki tomondan dastlabki yuk mashinalarining o‘tishi bo‘ldi.

Shundan so‘ng Davlatlar rasmiylari va aholi vakillari o‘tkazish punktlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов