-
Нет Отзывов
-
В избранные
Dasturga muvofiq yurtimizning qator viloyatlariga, xususan, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahriga tashriflar o'rin olgan.
O'zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Davlat turizm agentligi bilan hamkorlik ikki davlat o'rtasidagi turizm, madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ikki mamlakatning mashhur rassom va fotograflardan iborat guruhlari ijodiy safarlari tashkil etildi.
Dasturga muvofiq yurtimizning qator viloyatlariga, xususan, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahriga tashriflar o'rin olgan. 19-20 iyun kunlari Buxoroda bo'lgan ozarbayjonlik blogger va fotograflar dasturidan Buxorodagi Ismoil Somoniy, Chashmai Ayub, Bahouddin Naqshband ziyoratgohi, Bolo hovuz va eski shahar qismidagi madaniy meros ob'ektlarini suratga olish joy olgan.
Tayyorlangan materiallar Ozarbayjon mediasida e'lon qilib boriladi